Biz haqimizda
ZI CLINIC - bolalar nevrologiyasi, pediatriya, davolovchi massaj va kompleks reabilitatsiya yo‘nalishlariga ixtisoslashgan zamonaviy tibbiyot markazi bo‘lib, bolalar salomatligini mustahkamlash va ularning to‘laqonli rivojlanishini ta’minlashni o‘z oldiga maqsad qilgan.
Klinikamiz faoliyati markaziy va periferik asab tizimi kasalliklarini erta aniqlash, chuqur diagnostika qilish hamda individual davolash-reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Biz rivojlanish kechikishi, DЦП (bolalar serebral falaji), autizm spektr buzilishlari, epilepsiya, perinatal shikastlanishlar, mushak tonusi buzilishlari, gipoksik holatlar va harakat koordinatsiyasi muammolari bilan og‘rigan bolalarga kompleks yondashuv asosida yordam ko‘rsatamiz.
ZI CLINIC da har bir bola alohida e’tibor markazida. Tashxis qo‘yish jarayonida zamonaviy nevrologik baholash usullari, klinik tahlillar va funksional tekshiruv metodlari qo‘llaniladi. Davolash jarayoni esa medikamentoz terapiya, davolovchi massaj, LFK, neyroreabilitatsiya, sensor integratsiya elementlari va ota-onalar bilan tizimli ishlashni o‘z ichiga oladi.
Bizning asosiy ustunligimiz — multidisiplinar yondashuv, ya’ni nevrolog, pediatr, reabilitolog va massaj mutaxassislarining bir jamoa sifatida ishlashi. Bu esa davolash samaradorligini oshiradi va barqaror natijalarga erishish imkonini beradi.
ZI CLINIC - bu shunchaki klinika emas, balki ota-onalar uchun ishonchli hamkor, farzandlar uchun esa sog‘lom kelajak sari mustahkam qadamdir.
Klinika asoschisi

Ismailov Zohidjon Nurmanovich
Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Bolalar nevropatologi | Reabilitatsiya mutaxassisi | Ilmiy tadqiqotchi Ismailov Zohidjon Nurmanovich - ZI CLINIC asoschisi, shifokor-olim va sog‘lomlashtirish hamda reabilitatsiya sohasida ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassis. U 2007 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini, 2010 yilda Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — pediatriya (bakalavriat) va bolalar nevropatologiyasi (magistratura). 2020 yilda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy kengash qaroriga asosan Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2023 yildan DSc mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda. U European Paediatric Neurology Society, World Stroke Organization, European Academy of Neurology, Asian and Oceanian Myology Center hamda Duke Health kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar a’zosi. Uning kasbiy faoliyati nevrologiya, reabilitatsiya va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarini qamrab oladi. Ilmiy-amaliy tajribasi asosida ZI ACADEMY’da patentlangan mualliflik metodikalari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan. Asoschi sifatida uning asosiy maqsadi — ilmiy asoslangan, xavfsiz va samarali reabilitatsiya ta’limi maktabini yaratish hamda xalqaro darajadagi mutaxassislarni tayyorlashdir.
Missiya
Bolalarda asab tizimi kasalliklarini erta aniqlash va samarali davolash orqali ularning jismoniy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash. Har bir bolaga individual yondashuv asosida xavfsiz, dalillarga asoslangan va zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish orqali ularning hayot sifatini yaxshilash.
Vizyon
O‘zbekistonda bolalar nevrologiyasi va reabilitatsiyasi sohasida innovatsion va yetakchi klinikaga aylanish, xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish, zamonaviy diagnostika va terapiya usullarini joriy etish hamda sog‘lom va barkamol avlodni shakllantirishga munosib hissa qo‘shish.
Bizning shifokorlar

Ismailov Zohidjon Nurmanovich
Ta'sischi va bosh shifokor
Bolalar nevropotologi (PhD)
